Adhamjon ustozning SAT Math testlari va video darslari bitta platformada. Haqiqiy imtihon formatida mashq qiling, har bir xatoning yechimini ko'ring.
To'g'ri chiziq (2, 5) va (6, 13) nuqtalardan o'tadi. Shu chiziqning y o'qini kesib o'tish nuqtasi (y-intercept) nechaga teng?
Qiyalik: (13 − 5) / (6 − 2) = 2. Demak y = 2x + b, 5 = 4 + b, ya'ni b = 1. Desmos'da ikkala nuqtani kiritib, 10 soniyada ham tekshirish mumkin.
SAT Math 44 ta savoldan iborat va 70 daqiqa davom etadi. Savollar to'rt bo'limga bo'linadi, foiz esa har bir bo'limning imtihondagi ulushi.
Chiziqli tenglamalar, tengsizliklar, tenglamalar sistemasi.
Kvadrat va eksponensial funksiyalar, polinomlar.
Foiz, nisbat, statistika, ehtimollik.
Yuza, hajm, aylana, uchburchak va trigonometriya.
Email va parol bilan bir daqiqada hisob oching.
SAT formatidagi testlarda bilimingizni tekshiring va zaif mavzularni toping.
Video darslarda mavzuni qayta ko'ring, keyin yana mashq qiling.
SAT Math va matematika ustozi. Instagram va Telegramda murakkab mavzularni sodda va tez yechimlar orqali tushuntiradi. Platformadagi testlar va darslar shu tajriba asosida tayyorlangan.
Digital SAT'da Math bo'limi ikki moduldan iborat: har birida 22 ta savol va 35 daqiqa vaqt. Jami 44 ta savol, ball 200 dan 800 gacha.
Ha. Butun Math bo'limida Desmos kalkulyatori ekranda bor. Biz uni qanday tez ishlatishni ham o'rgatamiz.
Interfeys o'zbek va ingliz tillarida. Savollar haqiqiy imtihondagidek ingliz tilida.
Telegram kanal orqali bog'laning: t.me/adhamjon_mathschool